Amerikalik maktab o‘quvchisi muhandis Aleksey Pojitnov ixtiro qilganidan 40 yil o‘tib mashhur sovet video o‘yini “Tetris”ning so‘ngi darajasini yakunlagan tarixdagi birinchi shaxs bo‘ldi. Bu haqda ВВС xabar berdi.
Oklaxomalik 13 yoshli Uillis Gibson o‘zining YouTube kanalida o‘yinning 157-darajasiga chiqqani va oxirgi darajaga yetgani haqida post qoldirdi.
157-darajaga erishish uchun Uillisga bor-yo‘g‘i 38 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi, bu bloklar tushmaydigan va ekran qotib qoladigan oxirgi daraja.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!