Finlyandiyada sovuq havo harorati rekord darajada qayd etildi. Mamlakat meteorologiya instituti xabar berishicha, Laplandiyaning Enontekiyo shahrida minus 42,5 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan, deb xabar beradi Kazinform agentligi.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu harorat qishning eng past harorati hisoblanadi. 2000 yillarda Finlyandiyada havo harorati atigi uch marta minus 42 darajadan past bo‘lgan: 2001 yil fevralda Piyajarvida (minus 42,5 daraja), 2006 yil yanvarda Kittilada (minus 43,6 daraja) va 2012 yil fevralda Inarida (minus 42,7 daraja).
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!