Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolidagi HAMAS qo‘mondonlik tuzilmasini “parchalashni yakunlaganini” e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
SAXAL vakili Daniel Xagarining jurnalistlarga aytishicha, falastinlik jangarilar hozir hududda “qo‘mondonlarsiz” harakat qilmoqda.
Unga ko‘ra, Isroil G‘azo shimolida 8 mingga yaqin jangarilarni yo‘q qilgan.
HAMAS boshqaruvidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Isroil kuchlari urush boshlanganidan beri 22 mingdan ortiq odamni o‘ldirgan. Shanba kuni u so‘nggi 24 soat ichida 120 dan ortiq o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!