O’zbekistonda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag‘batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik rezidentura joriy etish ko‘zda tutilyapti.
Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Bu ishlarni respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!