Prezident qarori bilan, Davron Sultanov sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Alisher Shodmonov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat taʼtiliga chiqadi, deyiladi xabarda.
Davron Sultanov bugunga qadar Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sogʻliqni saqlashni rivojlantirish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 12-avgustida Alisher Shodmonov sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!