Yangiliklar

Soliq qoʻmitasi raisi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Soliq qoʻmitasi raisi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Dilshod Ahmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Bungacha u “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari – ijrochi direktor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Ulugʻbek Saʼdullayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.