Yangiliklar

Poytaxtning ikkita tumanida bugun kunduzi “svet” oʻchiriladi

Poytaxtning ikkita tumanida bugun kunduzi “svet” oʻchiriladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 10-yanvar kuni Toshkentning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu hududlar:

Yashnobod tumani: 

“Navroʻzobod” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulugʻbek tumani: 

“Iqtidor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.