Hodisa, Yangiliklar

“Qamchiq” dovonida sodiq boʻlgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

“Qamchiq” dovonida sodiq boʻlgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Namangan viloyatining Pop tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 225-kilometrida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumotga koʻra, 9-yanvar kuni soat 20:30 larda “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Chacman” rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988-y.t. N.I. tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa urilib agʻdarilgan.

YTH natijasida transport vositasida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida haydovchi N.I. va yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.