Bugun, 10-yanvar kuni soat 09:46 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Oʻqchi” MFY, B.Zokirov koʻchasi, 2-uy oldida toʻxtab turgan, fuqaro D.S.ga tegishli “VAZ-2107” rusumli avtomobilda elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida yongʻin yuzaga kelgan. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jaroxat olganlar yoʻq.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq, “Qamchiq” dovonida sodir boʻlgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!