O‘zbekiston

Talabalar endilikda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tashi mumkin

Talabalar endilikda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tashi mumkin

O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalariga endilikda amaliyot uchun haq to’lanadi. Oliy ta’lim talabalarining ishlab chiqarish korxonalarida haq to‘lanadigan amaliyot tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom rasman tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, ushbu amaliyot uchun har yili bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.Tanlovga 500 ta o‘rin ajratiladi. (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan). Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha muddatda amalga oshiriladi.

Amaliyot bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq 15 kun davomida qoplanadi.