Jahon

Ularning hammmasini ortiga qaytaramiz — Tramp noqonuniy immigrantlar haqida fikr bildirdi

Ularning hammmasini ortiga qaytaramiz — Tramp noqonuniy immigrantlar haqida fikr bildirdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp, agar u saylovda g’alaba qozonsa, mamlakat tarixidagi eng katta deportatsiyani amalga oshirishini ma’lum qildi. Bu haqda «Fox news» nashri ma’lum qildi.

Sobiq AQSH Prezidenti va hozirda navbatdagi prezidentlikka nomzod Donald Tramp Ayova shtatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda bi qancha keskin mulohazalarini o’rtaga tashladi. Unga ko’ra, hozirda mamlakatda millionlab noqonuniy muhojirlar bor. Ular amerikaliklarga ta’sir o’tkazishga urinishmoqda. Bu holat keskin oqibatlarga olib kelmasdan turib, noqonuniy immigrantlar mamlakatdan butunlay chiqarib yuborilishi kerak.

«Biz hammani kelgan yeriga jo’natishimiz kerak,» – degan Tramp omma oldida. Bu murojaatni qator tahlilchilar, agar u hokimiyatga yana kelgan taqdirda, o’ta o’ng siyosiy tendensiyalar kuchayishi mumkinligi bilan izohlamoqda.