Bugun, 11-yanvar kuni soat 09:00 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Axmad Yugnakiy koʻchasida YTH sodir boʻldi. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Lacetti avtomashinasi ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanib, asosiy yoʻldan harakatlanib kelayotgan Lada Vesta rusumli avtomashinasiga yoʻl bermasligi oqibatida YTH sodir boʻlgan. Natijada Lada Vesta transport vositasi agʻdarilib ketgan.
Yoʻl transport hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!