Jahon

2024-yilda sun’iy intellekt insoniyatga qarshi isyon ko’taradi — Politico

2024-yilda sun’iy intellekt insoniyatga qarshi isyon ko’taradi — Politico

AQSHning siyosiy yo’nalishda yangiliklar uzatuvchi «Politico» nashri siyosiy tahlilshunoslar va iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan prognozlar jamlanmasini e’lon qildi. Ushbu prognozlar kun mavzusidagi voqealar istiqboli va umuman kutilmagan g’alati taxminlardan iborat.

Tahlilga ko’ra, 2024-yilda sun’iy intellekt insoniyatga qarshi ilk «isyon» tashkil etadi. Raqmli apokalipsis sodir bo’ladi. Bu hodisa muhim ma’lumotlarning mustaqil tarmoq tomonidan ommaviy o’g’irlanishi tarzida kechishi mumkin.

Mutaxassislar ,shuningdek, AQSH Xitoy bilan to’g’ridan-to’g’ri harbiy to’qnashuvga borishi, Rossiyada davlat to’ntarishi sodir bo’lishi haqida ham gapirgan. AQSH dagi saylovlar noqonuniy aralashuv tufayli chippakka chiqishi ham ta’kidlangan. Bu noqonuniy aralashuv Donald Tramp jamoasi vakillaridan biri, yoki bevosita uning o’ziga nisbatan suiqasd tarzida sodir bo’lishi mumkin.

Xabarda qo’shimcha qilinishicha, yil davomida global isish, vayronkor bo’ronlar jiddiy tus oladi. Demografik inqirozni hal qilish yo’lida insoniyat klinik abortni ommaviy taqiqlash yo’liga o’tadi. Tahlilning yana bir g’alati tomoni shundaki, 2024-yilda insoniyatga kosmosdan xabar kelishi aytilgan.

«Politico» nashri ushbu tahlillar manbasi aniq taxminlarga asoslanganini aytmoqda. Ushbu tahlillar mualliflari ham manbada aniq keltirib o’tiladi.