Yangiliklar

Qozogʻistonning “Yevroosiyo Banki”ga Oʻzbekistonda bank faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berildi

Qozogʻistonning “Yevroosiyo Banki”ga Oʻzbekistonda bank faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berildi

Markaziy bank boshqaruvi Toshkent shahrida “Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

“Yevroosiyo banki” 1994-yili tashkil etilgan boʻlib, bosh ofisi Olmaotada joylashgan. Bank ustav kapitali 61,1 mlrd tengeni tashkil etadi.