Yangiliklar

Dollar kursi yana biroz pasaydi

Dollar kursi yana biroz pasaydi

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 14,12 soʻmga pasayib, 15-yanvardan boshlab 12 401,88 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 16,72 soʻmga pasayib, ertadan 13 596,18 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi ham oshdi — 15-yanvardan boshlab rublning rasmiy kursi 0,90 soʻmga oshib, 140,67 soʻmni tashkil etadi.