Turkiya va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston IIV tomonidan qidiruvda boʻlgan, 1985-y.t., D.U. va 2017-yildan buyon qidiruvda boʻlgan 1983-y.t., M.U. 10-yanvar kuni Istanbul shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
“Jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!