Yangiliklar

“Oʻrik guli” va repper Shakaning Ohangaron IESdan atrof-muhitga yetayotgan zarar boʻyicha tayyorlagan videosi yuzasidan munosabat bildirildi

“Oʻrik guli” va repper Shakaning Ohangaron IESdan atrof-muhitga yetayotgan zarar boʻyicha tayyorlagan videosi yuzasidan munosabat bildirildi
Foto: Videodan lavha

Ekobloger Moʻtabar Xushvaqtova va repper Shaka Ohangarondagi issiqlik elektr stansiyasidan atrof-muhitga yetayotgan zararga jamoatchilik eʼtiborini qaratgan edi. “Oʻzbekkoʻmir” AJ ushbu video yuzasidan munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalariga yetkazib berilayotgan mahalliy koʻmir B2 markali boʻlib, kulchanlik darajasi 42 foizni tashkil etadi. Bu mahsulot sifat guvohnomalariga mos boʻlib, har ikki stansiya aynan ana shu koʻmirga ixtisoslashgan.

Angren issiqlik elektr stansiyasida 2016-yilda ishga tushirilgan yangi energoblok mahalliy koʻmir hisobiga ishlaydi, ammo zamonaviy elektrofiltrlar hisobiga atmosferaga deyarli zararli gazlar chiqarmaydi.

“Mazkur stansiyada energiyasamarador texnologiyalarni keng joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Hozirda bu yerda har birining quvvati 300 megavattdan boʻlgan yana 2 ta, koʻmir yoqilgʻisida ishlaydigan yangi, zamonaviy energobloklar qurilishi rejalashtirilgan. Ular 2024-2025-yillarda ishga tushiriladi”, — deyiladi xabarda.