15-yanvar soat 8:00 dagi atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 22,7 mkg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0293-11 (500 mkg/m3) boʻyicha ruxsat etilgan meʼyordan oshmadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 13,8 mkg/m3 ni tashkil etdi, JSST tavsiyalaridan 2,7 marta oshdi (5 mkg/m3).
Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 0,4 mg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0293-11 (5 mg / m3) boʻyicha ruxsat etilgan meʼyordan oshmadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!