Yangiliklar

Ispaniyaning “Santander” banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablagʻlarini ajratishga tayyorligini maʼlum qildi

Ispaniyaning “Santander” banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablagʻlarini ajratishga tayyorligini maʼlum qildi
Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekistonning Madrid shahridagi elchixonasida Ispaniyadagi eng yirik, Yevropada esa beshlikka kiruvchi “Santander” bankining mintaqaviy menejeri David Plaza bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Suhbat chogʻida ispan tomoni Oʻzbekiston bank xizmatlari bozoriga kirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan istiqbolli yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalariga qiziqish bildirgan. Shuningdek, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun “Santander” banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablagʻlarini ajratishga tayyorligini maʼlum qilgan.

“Qayd etilishicha, bank soʻnggi ikki yilda eksport-import operatsiyalari sohasida tuzilgan bitimlar soni boʻyicha Yevropada yetakchi boʻlib kelmoqda. Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining vakolatxonasi ochilishini jadallashtirish omili boʻlishi taʼkidlandi”, — deyiladi xabarda.