Yangiliklar

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,13 soʻmga koʻtarilib, 16-yanvardan boshlab 12 409,01 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 12,04 soʻmga pasayib, ertadan 13 584,14 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi ham oshdi — 16-yanvardan boshlab rublning rasmiy kursi 0,99 soʻmga oshib, 141,66 soʻmni tashkil etadi.