Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining 16-yanvardagi qaroriga muvofiq, Mixail Dovlatov (“Novosti Uzbekistana” internet-nashri muxbiri)ning harakatida maʼmuriy huquqbuzarlik alomati yoʻqligi maʻlum boʻldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababli, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish MJtKning 271-moddasi (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan tugatildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!