17-yanvar kuni soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq koʻchasida joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yongʻinga 4 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 17:27 da yetib borib, soat 17:44 da oʻrab olinib, 17:54da batamom oʻchirildi.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!