13-yanvar kuni soat 10:00 atrofida Andijon shahrida Gentra avtomashinasi haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekiston” koʻchasida 24 yoshli haydovchi xususiy korxonaga tegishli Gentra avtomobilni boshqarib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 77 yoshli piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bir kundan soʻng vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!