Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarildi

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarildi

Prezident farmoni bilan, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi. Bu haqdagi qaror bugun, 20-yanvar kuni imzolangan.

Hujjatga koʻra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Sport vazirligi Toshkentning Abdulla Qodiriy koʻchasi 2-uy manzilida, Yoshlar ishlari agentligi esa Alisher Navoiy koʻchasi 11-uy manzilida joylashadi.