Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,01 soʻmga koʻtarilib, 23-yanvardan boshlab 12 418,01 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, yevro kursi 29,37 soʻmga koʻtarilib, dushanbadan 13 531,91 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 1,09 soʻmga koʻtarilib, 23-yanvarda rublning rasmiy kursi 141,31 soʻmni tashkil etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!