Yangiliklar

“Sharq” nashriyotiga tegishli binolar tashqi koʻrinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi

“Sharq” nashriyotiga tegishli binolar tashqi koʻrinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi
Foto: Davaktiv matbuot xizmati

“Sharq” nashriyot matbaa korxonasi” AJga tegishli binolar tashqi koʻrinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi. Bu haqda Davaktiv matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar, Buyuk Turon koʻchasi, 41-uyda joylashgan bino-inshootlar bugungi kunda boʻsh ekanligi va taʼmirtalabligi sababli xususiylashtirilishi belgilangan. Ushbu bino Toshkent shahrining tarixiy arxitekturasini, shu jumladan, muhim “modernizm” qiyofasini aks ettirishini inobatga olib, uni saqlab qolish maqsadida savdoning quyidagi asosiy shartlari belgilangan:

  • Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (UzA)ning maʼmuriy binosi hamda Buxoro va Buyuk Turon koʻchalari kesishmasidagi 4-qavatli maʼmuriy bino (“A.Navoiy teatri” tomonidagi qismi) tashqi koʻrinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolish;
  • kelgusida qurilish taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish.

“Bu degani xaridor, mulkiy majmuaning ushbu qismlari tashqi koʻrinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolinishini taʼminlaydi, taʼmirlash ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi, agarda mazkur shartlar xaridor tomonidan buzilgan taqdirda, xususiylashtirish masalasi shartnoma talablariga asosan qayta koʻrib chiqiladi.

Ushbudan kelib chiqib, jamoatchilikni bezovta boʻlmasliklarini soʻraymiz va mulkiy majmuani xususiylashtirish ishlari qatʼiyan yuqoridagi talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishi va xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib borilishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.