Kecha, 26-yanvar kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Ogʻa Xon” jamgʻarmasining madaniyat boʻyicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yoʻli” muzeyining loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.
“Muloqot davomida loyihaning oʻziga xos jihatlari, uni amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik. Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham koʻzdan kechirdik. Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan inklyuziv muhit yaratiladi”, – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!