Yangiliklar

Sudyalar oliy kengashida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Foto: Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

Kecha, 26-yanvar kuni Sudyalar oliy kengashining sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlashga doir ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda vakolat muddati yakuniga yetgan sudyalarni ushbu lavozimda boʻlishning navbatdagi muddatiga, ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Yuldashev Ilhom Bobojonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Mamarasulov Hasan Boltaboyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati Forish tuman iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Kushiyev Gʻulomjon Yoqubjonovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Buriyev Aziz Abdukaimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Xakimov Muzafar Abdullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Payariq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
  • Shuningdek, vakolat muddati yakuniga yetgan:
  • Soatov Dilshod Tuychiyevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Namangan viloyati Chust tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Ochilov Dilmurod Madaminovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Navoiy viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Matniyazov Sardorbek Xojinazarovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Xojiyev Abdusaid Xudayberdiyevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Kudratov Abror Xamidullayevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Muminova Feruza Ismailovna – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Maxammadiyeva Latofat Asqarovna – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Nabiyev Majid Sadulloyevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
  • Jabbarov Tolmas Ruzimurodovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari:

  • Xashimov Rustam Furkatovich – sudyalik lavozimida boʻlishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Sultanov Bolat Raxmanovich – sudyalik lavozimida boʻlishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.