Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarining birida eshik yopilmasdan poyezd harakatlanmoqda mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1-fevral kuni soat 08:55 da “Paxtakor” bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan birida nosozlik holati kuzatilgan.
Shu boisdan, harakat tarkibi keyingi bekatga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga yoʻlovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu esa vagon eshiklari yopilishiga toʻsqinlik qilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!