Yangiliklar

Oʻzbekiston prezidenti Bishkekdagi IESda yuz bergan avariya sabab Qirgʻizistonga yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriq berdi

Oʻzbekiston prezidenti Bishkekdagi IESda yuz bergan avariya sabab Qirgʻizistonga yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriq berdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda qoʻshni davlat tashqi siyosiy idorasi matbuot xizmati.

Muloqot davomida Baxtiyor Saidov prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Bishkekdagi IESda yuz bergan avariya sabab Qirgʻizistonga zarur yordamni koʻrsatishga tayyorligini bildirgan.

“Xususan, Oʻzbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan Oʻsh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari yuborilishini maʼlum qildi. Oʻz navbatida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev qoʻshni birodarlarcha gumanitar yordam koʻrsatishga tayyor mamlakatga samimiy minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.