Futbol boʻyicha Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Osiyo Kubogining chorak final bahslaridan oʻrin olgan uchrashuvda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi maydonga tushdi. Birinchi boʻlimda Qatar hisobni ochgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda Odil Hamrobekov hisobni tenglashtirdi.
Oʻyinning asosiy vaqti ham, qoʻshimcha boʻlimlarda ham hisob oʻzgarmadi. Yarim final masalasini hal etish penaltilar seriyasiga qoldi.
Lotereyalarda esa qatarliklar ikki bor omadsiz natija qayd etib, Oʻzbekiston MTJda ustunlik paydo boʻlgandi. Ammo Zafarmurod Abdurahmatov va Jaloliddin Masharipov penaltini noaniq amalga oshirdi, Qatar esa oʻzidagi ikkita imkoniyatdan unumli foydalandi va gʻalabani oʻziniki qildi.
Shunday qilib, Oʻzbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi ishtiroki yakunlandi. Yaqin kunlarda futbolchilar Oʻzbekistonga qaytib kelishadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!