Yangiliklar

Samarqandda Nexia-1 yonib ketdi

Samarqandda Nexia-1 yonib ketdi

3-fevral kuni soat 18:00 da Oqdaryo tumani Dahbed mahallasi Amir Temur koʻchasi joylashgan ʼʼQuruvchi-Bunyodkor-Turkistonʼʼ MCHJga qarashli koʻp tarmoqli yoqilgʻi tarqatish shahaobchasida 2007-yilda ishlab chiqarilgan Nexia-1 rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar berilgan. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 18:16 da yetib borib, yongʻin soat 18:28 da oʻchirilgan. Yongʻin natijasida Nexia-1 rusumli avtomobil va yoqilgʻi tarqatish shoxobchasining bitta kalonkasi qisman yonib zararlangan.  

Yongʻin-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida koʻp tarmoqli yoqilgʻi tarqatish shoxobchasi yongʻindan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi va zarari anqlanmoqda.