4-fevral kuni soat 16:30 larda Olmazor tumani Nurafshon-Beruniy koʻchalari chorrahasida N.K. boshqaruvida boʻlgan Ford rusumli avtomashinasi hamda M.A. boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi hamda Ford rusumli avtomashinaning 1 nafar yoʻlovchisi tan jarohat olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!