Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga eʼtiroz bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga eʼtiroz bildirdi

Prezident raisligida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda professional taʼlim uchun masʼul idoralar koʻpayib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur.

Oliy taʼlimda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti. Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi. Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boʻyicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy taʼlimda keskin oʻzgarish qilish vazifasi qoʻyildi.