5-fevral kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Muso Yusupov raislik qilayotgan mazkur jinoyat ishida sud tergovi yakunlangani maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Sud muzokaraga tayyorlanib kelish uchun davlat ayblovchisi hamda advokatlarga muddat berdi.
9-fevral, juma kuni muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksiga koʻra, muzokaralarda prokuror, soʻngra jabrlanuvchilar, himoyachilar va sudlanuvchilar soʻzga chiqadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!