Yangiliklar

Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.B. va S.S. noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 3 xil turdagi 2 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro Q.D.ga 36,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 5 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.