Yangiliklar

Aktyor Abror Tursunov vafot etdi

Aktyor Abror Tursunov vafot etdi

“Kulol va xurmacha” filmidagi roli bilan muxlislarga tanish boʻlgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abror Tursunov faoliyati davomida “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon”, “Kim jinni”, “Ayollar saltanati” kabi koʻplab filmlarda rol ijro etgan.