Yangiliklar

Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yakka tartibdagi tadbirkor A.T. “Chorvador” MFYda joylashgan savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz jami 20 quti “ESSE CHANGE”, “PARLAMENT” nomli xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro U.B.ga  sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkonidan yana 22 xil turdagi jami 7077 quti muddati oʻtgan aksiz markali tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.