Yangiliklar

Namanganda Nexia-2 kanalga tushib ketdi

Namanganda Nexia-2 kanalga tushib ketdi

3-fevral kuni Namangan viloyatida Pop va Mingbuloq tumanlarini bogʻlovchi kanalga Nexia-2 tushib ketdi, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Nexia-2 haydovchisi mashinani Mingbuloq tumanidan Pop tumani Toʻda qishlogʻi tomonga olib oʻtish uchun paromga chiqargan. Biroq tajribasizlik oqibatida mashina kanalga tushib ketgan.

Mashina ichida boʻlganlar hodisa sodir boʻlgan paytda mashinadan chiqib olishgan, mashina esa oqib ketgan. Mashinani qidirish ishlari olti kun davom etgan va 9-fevral kuni 8 metr chuqurlikdan aholi yordamida chiqarib olingan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok boʻlmagan. Haydovchi mashina kanalga tushib ketgan paytda undan chiqib olishga muvaffaq boʻlgan.