9-fevral kuni tumani IIB hamda DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Beruniy MFYda yashovchi, 1978-y.t. fuqaro A.X. yashash xonadonining omborxonasida jami 7,170 kg miqdoridagi nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!