Yangiliklar

Koʻkdalada maktab oʻqituvchisi kaltaklangani haqida xabar tarqaldi

Koʻkdalada maktab oʻqituvchisi kaltaklangani haqida xabar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqalarda 9-fevral kuni Koʻkdala tumani 89-maktab oʻqituvchisi kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Tarmoqlarda tarqalgan video tasvirlarda Koʻkdala tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 89-umumtaʼlim maktab direktor oʻrinbosari  A. S. va ingliz tili fani oʻqituvchisi B. M. lar oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan.

Qashqadaryo Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshligʻi Ubaydulla Oripov:

Koʻkdala tumanidagi 89-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab faoliyati 2023-yilda ham bir necha marotaba oʻrganilgan.Taʼlim tizimida islohotlarni oʻrnatilgan tartib asosida amalga oshirilishi nazoratga olingan. Pedagog xodimlar faoliyatiga esa huquqiy baho beriladi. 

Koʻkdala tumani 89-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab direktori Kamol Turdiyev: 

Sobiq oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Azizova Sayyora 2023-yil 14-noyabrda oʻz arizasiga asosan ishdan boʻshatilgan. 2024-yil 31-yanvarda Chiroqchi tumanlararo sudi qaroriga asosan Azizova Sayyora vazifasiga qayta tiklangan. Ammo maktab direktorining buyrugʻi chiqmagan boʻlsada, maktab faoliyatiga aralashib kelgan.Kelishmovchilik oqibatida ingliz tili fani oʻqituvchisi B. M. xushidan ketib yiqilgan.Maktab maʼmuriyati tomonidan zaruriy yordam koʻrsatilgan va B.M. turmush  oʻrtogʻi, oʻqituvchilar yordamida shaxsiy avtomobili bilan Qarshi shahriga tez yordamga olib ketgan.

Koʻkdala tuman IIB boshligʻi: 

Ushbu video lavha qatʼiy nazorat ostiga olingan.Noqonuniy jarayon masʼul tashkilotlar tomonidan oʻrganilmoqda. Yakuniy jarayon boʻyicha axborot beriladi.