Yangiliklar

Saudiya Arabistonining Madina shahrida birinchi oʻzbek restorani ochildi

Saudiya Arabistonining Madina shahrida birinchi oʻzbek restorani ochildi
Foto: “Dunyo” AA

Saudiya Arabistonining Madina shahrida “Al-Urz va al-Kabab” nomli birinchi oʻzbek tamaddixonasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Restoran Saudiya Arabistoni aholisi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar uchun oʻzbek milliy taomlari, xalqimiz anʼanalari va madaniyati bilan yaqindan tanishish nuqtasiga aylanadi. Bu yerda mijozlarga taklif etilayotgan taomlar milliy uslubda ishlagan idishlarga taqdim etilyapti.

Restoranning barcha burchaklari maxsus monitorlar bilan jihozlangan boʻlib, ularda xorijlik mehmonlarga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shaharlari, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati haqidagi videoroliklar namoyish qilinmoqda.

Mazkur majmua Saudiya Arabistonidagi vatandoshlarimiz Abror Akmalov va taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy tomonidan tashkil etildi. Ularning aytishicha, ushbu restoran oʻz mijozlari sonin kengaytirganidan keyin, Jidda va Makkada filial ochish rejalashtirilgan.