Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Boʻston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. oʻz uyida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 148,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.P.” MCHJ rahbari M.P. (muqaddam sudlangan) “Pichoqchi” MFY hududidagi parrandachilik binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 140 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!