Yangiliklar

Dollar kursi biroz pasaydi

Dollar kursi biroz pasaydi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,09 soʻmga pasayib, 19-fevraldan boshlab 12 489,92 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 33,61 soʻmga koʻtarilib, dushanbadan 13 446,65 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 1,12 soʻmga pasayib, 19-fevraldan rublning rasmiy kursi 135,07 soʻmni tashkil etadi.