Yangiliklar

Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi

Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi
Ilyustrativ foto

12-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida “Oʻzbekneftgaz” AJga birja savdolariga qoʻyilayotgan dizel yonilgʻisi narxini 15 foizga pasaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan edi.

Jamiyat tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilgʻisi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilgʻisining narxlari EKO dizel yonilgʻisi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi.

Bugun, 19-fevraldan Jamiyatga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilgʻisi bir tonnasi 11 608 190 soʻmdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.