Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Mirzo Ulugʻbek va Qibray tumanlari gaz taʼminoti boʻlimi masʼul shaxslari hududdagi gaz quvurlariga ulanish ahvolini oʻz vaqtida koʻzdan kechirib, oʻrganish ishlarini olib bormaganliklari oqibatida “M.O.” MCHJ rahbari O.X. va boshqalar tomonidan “Doʻstlik” MFY hududidagi yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga yashirincha ulanib, MCHJ issiqxonasida tabiiy gazdan yashirincha foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 14,2 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!