Respublikamizda bir necha kundan beri davom etayotgan sovuq ob-havo, togʻli hududlarda koʻp qor yogʻishi va qattiq shamol tufayli “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan.
Buning natijasida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan, ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilib javob berilgan.
Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yogʻishi oqibatida bugun Olmaliq shahridagi “Qoʻqon bozorida” ham savdo navesi qulashi yuz berdi. Jabrlanganlar yoʻq.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!