Yangiliklar

Bloger Abror Abduazimov ozodlikka chiqdi

Bloger Abror Abduazimov ozodlikka chiqdi

Bloger Abror Muxtor Aliy 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosini oʻtab, ozodlikka chiqdi, deb xabar bermoqda “Daryo” Oliy sud axborot xizmatiga tayanib.

Masʼulning bildirishicha, Abror Abduazimov 15 sutka maʼmuriy qamoqni 13 sutkada yakunlagan.

“Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati taftish instansiyasining 2024-yil 20-fevraldagi qaroriga muvofiq Abror Abduazimov (1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan)ga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining 2024-yil 6-fevraldagi qarori bilan tayinlangan maʼmuriy qamoq jazosi muddati oʻzgartirilib, ozodlikka chiqarildi”, — degan Aziz Abidov.