Yangiliklar

Bugun mamlakatda yogʻingarchilik kutilmaydi

Bugun mamlakatda yogʻingarchilik kutilmaydi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzgidromet bugun, 22-fevral kuni Oʻzbekistonda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 3-5° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; choʻl hududlarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.