23-29-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi e’lon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻralmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!